Ilk bor oʻtkazilayotgan Xalqaro turnir Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etildi.
Musobaqa dasturidan 70+70 metr masofadan otish, miks hamda jamoaviy birinchilik mashqlari oʻrin olgan.
Xalqaro turnirda qoʻshni Qirgʻiziston va Tojikiston, shuningdek respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahridan 100 nafardan ortiq mahoratli sportchilar oʻz omadlarini sinovdan oʻtkazishadi.
Bugun “Alpomish va Barchinoy” Xalqaro turnirining dastlabki gʻoliblari aniqlandi.
70+70 metr mashqi gʻoliblari bilan tanishing:
Erkaklar:
1. Gafurov Zokirjon (Fargʻona)
2. Abdulhamidov Shohjahon(Fargʻona)
3. Rustamov Sardor (Toshkent)
Ayollar:
1. Yunusova Kamola (Toshkent)
2. Abdusattorova Ziyodaxon (Fargʻona)
3. Mahmudova Maftuna (Toshkent)
Ma'lumot o'rnida: Musobaqalar 27-fevralga qadar davom etadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati