Kompaniya vakillari tomonidan neft va gaz quduqlarga borib, korxonalar operatsion faoliyatini oʻrganildi.
Kuni kecha “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi oʻrinbosari rahbarligida Kanadaning “RLG International Inc.” xalqaro konsalting kompaniyasi maslahatchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda xorijiy kompaniyaning maslahatchisi tashxis va tahlil loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, quduqlarni burgʻilash va mukammal taʼmirlash jarayonlari (KRS) boʻyicha tavsiyanomalarni shakllantirish hamda boshqa masalalar boʻyicha oʻz hisobotini taqdim etdi. Quduqlarni burgʻilash va mukammal taʼmirlashda topshirish vaqtiga taʼsir qilmaydigan ishlab chiqarish vaqtining sabablari va boshqa omillar oshkor qilindi. Shuningdek, toʻxtash vaqtini qisqartirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” AJning asosiy koʻrsatkichlari jahon andozalari bilan taqqoslandi.
Maslahatchi burgʻilash va mukammal taʼmirlash samaradorligi koʻrsatkichlarini takomillashtirish, shuningdek, “Oʻzbekneftgaz” tizimiga jahon standartlarini joriy etish boʻyicha 3 yillik rejani taqdim etdi. Maslahatchiga tavsiyanomalarni amalga oshirish muddatini qisqartirish va “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimida ishning jahon standartlari darajasiga imkon qadar tez joriy etishga eʼtibor qaratish topshirildi, de xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.