Mazkur Memorandumga muvofiq, “Oʻzbekgidroenergo” AJning mahalliy va xorijiy kapital bozorlariga chiqishi boʻyicha hamkorlik qilish, qimmatli qogʻozlar, shu jumladan, Islom tamoyillariga asoslangan sukuk qimmatli qogʻozlarni chiqarish orqali investitsiya faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish hamda tomonlarning oʻzaro manfaatlarini ifodalovchi boshqa faoliyat turlarining muhim yoʻnalishlari boʻyicha kelishuvga erishildi.
Shu bilan birga, tegishli chora-tadbirlar ijrosi natijasida joriy yilning iyul-avgust oylarida obligatsiyalarni chiqarish rejalashtirilyapti.
Bu borada, “Oʻzbekgidroenergo” AJ ham oʻz ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqqan holda, “yashil” islomiy obligatsiyalarni chiqarish boʻyicha izchil izlanishlar olib boryapti. Xususan, bugungi kunga qadar Jamiyat bir qator nufuzli xorijiy investitsiya banklari, xususan, AQSHning “Citibank”, “JPMorgan Shase”, Shveysariyaning “Credit Suisse”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Emirates NBD”, Fransiyaning “Societe Generale” singari nufuzli banklar bilan islomiy obligatsiyalarni joylashtirish boʻyicha muzokaralar olib bordi, deb xabar beradi “Oʻzbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati.