Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2543, roʻyxat raqami 2544, 26.12.2013-y.) bilan tasdiqlangan Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyxatiga (roʻyxat raqami 2544-1, 22.12.2020-y.) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

“Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq hujjat Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxati deb qayta nomlandi. Unga quyidagi guruhlar kiritildi:

Oʻzbekiston Respublika hududida uchramaydigan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

a) zararkunandalar – 88 nomdagi;

b) oʻsimlik kasalliklari:

- zamburugʻ kasalliklari – 16 turdagi;

- nematodalar – 5 turdagi;

- bakterial kasalliklar – 11 turdagi;

- virus kasalliklari – 24 turdagi;

v) begona oʻtlar – 36 nomdagi.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

a) zararkunandalar – 7 turdagi;

b) begona oʻtlar – 3 turdagi.

Oʻsimliklar karantini – qishloq xoʻjaligiga va boshqa oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 22.12.2020-yildan kuchga kirdi.