Karantin choralari birmuncha kuchaytiriladi

    Dolzarb 30 Iyun 2020 683

    Epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

    Joriy yil 1-iyul sanasidan boshlab:

    respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

    “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi;

    Bunda:

    faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

    “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.