- metropolitenni qoʻriqlash boʻyicha IIB boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarlari;
- temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari;
- IIB tayanch punktlarining profilaktika boʻyicha katta inspektorlari va inspektorlari;
- YHXB (YHXBB) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, YPXni tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi, oʻta muhim ishlar boʻyicha (maʼmuriy amaliyot boʻyicha) bosh inspektor, inspektor, maʼmuriy amaliyot boʻlinmasi (boʻlimi) boshligʻi, maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid materiallarni koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, DYHXX katta inspektori va maʼmuriy amaliyot boʻyicha yoʻl harakati xavfsizligi guruhi inspektori, mavjud boʻlmaganda – ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari *;
- YHQ va yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qiluvchi brigadalar (batalyon, diviziya, otryad, mobil guruh) komandirlari yoki komandir oʻrinbosarlari, YPX katta inspektori (inspektori) va boshqa xodimlar*.
Bu – muhim! Mazkur holatlarda ishlar koʻrib chiqilishi va jarimalar undirilishi uchun majburiy shart tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilishi hisoblanadi.
Karantin paytida haydovchi tomonidan transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilgan taqdirda, avtomobil ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan MJTKning 54-moddasi 2-qismi boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilguniga qadar ushlab turiladi.
Oleg Zamanov