Karmana tuman hokimligi tashabbusi bilan viloyat madaniyat boshqarmasi, tuman madaniyat bo'limi hamkorligida "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida maqom kechasi tashkillashtirildi. Ushbu maqom kechasida Karmana tuman hokimi F. Umarov, sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.
Maqom kechasi davomida Navoiy viloyat maqom ansambli ijrosidagi eng sara maqom va mumtoz qo'shiqlar jonli ijro etildi.
O'ylaymizki, Karmana tuman hokimligi tashabbusi respublikamizning boshqa tumanlarida ham quloch yozadi.