Hakamlar hayʼati xulosasiga koʻra,
3-oʻrinni (ansambl jamoasi) Xitoyning “Shinjon” badiiy teatri “Maqom” badiiy guruhi va (yakkaxon ijrochi) – Hindiston Ali Amjad Xon oʻrinni egallab, maxsus sovrin hamda 5000 ming AQSH dollaridan mukofot olishdi,
2-oʻrinni (ansambl jamoasi) – Oʻzbekiston Maqom markazi Jizzax hududiy boʻlim maqom ansambli va (yakkaxon ijrochi) – Turkiya Chidem Gurdal qoʻlga kiritib maxsus sovrin hamda 7000 ming AQSH dollaridan mukofot olishdi,
1-oʻrin (ansambl jamoasi) – Oʻzbekiston – Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Yunus Rajabiy nomidagi maqom xonandalari ansambli va (yakkaxon ijrochi) – Tojikiston – Tojikiston milliy konservatoriyasi guruhi solisti Xurshid Irohimzodaga nasib etdi ularga maxsus sovrin hamda 10 ming AQSH dollaridan mukofot topshirildi.
Anjumanining bosh sovrini – Gran-pri Eron “Fors” ansambli solisti Ali Asgʻar Arabshohiyga nasib etdi. Eronlik sanʼatkor 15 ming AQSH dollari bilan mukofotlandi.
Shuningdek, anjuman doirasida faol ijrochilarni qoʻllab–quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targʻibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar boʻyicha ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Jizzax viloyati hokimligining ragʻbatlantiruvchi sovgʻa va mukofotlar bilan taqdirlandi.
Gʻoliblarni Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev taqdirlashdi.
Shu bilan birga anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom sanʼati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etildi.
Farhod NEʼMATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri