Mazali zavq ortidan toʻlanadigan narx juda qimmat boʻlishi mumkin: oshqozon muammolari va ortiκcha vazndan tortib, yuraκ, miya va immun tizimi kasalliklarigacha. Keling, oddiygina kartoshka frini isteʼmol qilish tanamizga qanday taʼsir qilishini koʻrib chiqamiz.
Kartoshka frining uzoq muddatli taʼsiri
Eng dahshatlisi bilan boshlaymiz. The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, agar haftasiga ikki martadan koʻproq kartoshka fri isteʼmol qilinsa, erta oʻlim xavfi ikki barovar oshadi.
AQSH, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya olimlaridan iborat xalqaro tadqiqot guruhi 8-yil davomida 45-79 yoshdagi 4400 nafar koʻngillining ratsion va sogʻligini kuzatgan. Tadqiqot davomida 236 nafar bemorning vafot etgani qayd etilgan.
Muhim jihat: muammo kartoshkaning oʻzida emas, balki uni tayyorlash usulida – yaʼni uni qovurish uchun ishlatiladigan yogʻda. Aynan shu yogʻning zararli taʼsiri erta oʻlim xavfini oshiradi. Agar kartoshka boshqa usulda tayyorlansa – pishirilsa, qaynatilsa yoki pyure qilinsa – bunday xavf kuzatilmagan.
Agar bu maʼlumot ham sizni kartoshka fri isteʼmolini kamaytirishga ishontirmasa, u holda uning salbiy taʼsirlarini batafsil oʻrganing.
Kartoshka fri oshqozon muammolariga sabab boʻladi
Kartoshka fri gidrogenlangan yogʻda qovurilgani sababli u katta miqdorda trans-yogʻlarni oʻz ichiga oladi. Bu yogʻlar zararli xolesterin darajasini oshiradi va foydali xolesterin miqdorini pasaytiradi.
Natijada, kartoshka fri oshqozonda ancha uzoq saqlanadi, chunki u oson hazm boʻlmaydi va oshqozon ortiqcha yuκlama bilan ishlashiga toʻgʻri keladi. Ultrasound International Open jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, bu oshqozon ogʻrigʻi, koʻngil aynoshi, diareya, qorinda shish va spazmlar kabi muammolarga olib kelishi mumkin.
Kartoshka fri miya sogʻligʻiga zarar yetkazadi
Bu gʻalati tuyulishi mumkin, ammo kartoshka fri miyaga ham taʼsir qiladi. Gap shundaki, qovurish uchun ishlatiladigan gidrogenlangan yogʻlar tarkibida trans-yogʻlar mavjud boʻlib, ular zararli xolesterin miqdorini oshiradi va yuraκ-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.
Yaponiyada 10-yil davomida oʻtkazilgan va Neurology jurnalida chop etilgan tadqiqot shunni koʻrsatdiki, qonida trans-yogʻlar darajasi yuqori boʻlgan insonlarda Alsgeymer va demensiya rivojlanish xavfi 75% ga oshgan. Shuning uchun, keyingi safar kartoshka fri buyurtma qilishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻring.
Kartoshka fri immunitetni zaiflashtiradi
Ichaklar nafaqat ovqat hazm qilishga javobgar organ, balki immunitetni ham taʼminlaydi. Ammo koʻp yogʻli va qovurilgan mahsulotlarni isteʼmol qilish ichak mikroflorasining muvozanatini buzadi. Natijada, zararli bakteriyalar ustunlik qiladi, foydali bakteriyalar esa kamayadi. Bu esa immunitetni zaiflashtirib, organizmni turli kasalliklarga moyil qilib qoʻyadi.
Kartoshka fri yuraκ kasalliklari xavfini oshiradi
AQSHda 150 000 nafar faxriylar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqot shunni koʻrsatdiki, haftasiga uch marta qovurilgan ovqat isteʼmol qilish yuraκ xuruji va insult xavfini 7% ga oshiradi.
Agar har kuni qovurilgan ovqat isteʼmol qilinsa, bu xavf 15% gacha oshadi. Bu xuddi rus ruletkasi oʻynaganga oʻxshaydi, faqat bunda oʻq oʻrnida kartoshka fri turadi. Olimlar aniq xulosaga kelishdi: qovurilgan mahsulotlarni qancha koʻp isteʼmol qilsangiz, yuraκ-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi shuncha yuqori boʻladi.
Kartoshka fri ortiqcha vaznga sabab boʻladi
Mahsulotlar yogʻda qovurilganda ularning kaloriyali qiymati bir necha barobar ortadi. Kartoshka fri esa haqiqiy kaloriyali bomba! The American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shunni tasdiqlaydi: qovurilgan ovqatni muntazam isteʼmol qilish semirish bilan bevosita bogʻliq. Agar shimlaringiz siqib qolganini sezayotgan boʻlsangiz, ehtimol, ovqatlanish odatlaringizni qayta koʻrib chiqish vaqti kelgandir.