Kartoshka importi qariyb 80 ming tonnaga oshgan

    2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.

    Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 79,1 ming tonnaga oshgan.

    2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:

    Eron – 119,3 ming tonna
    Qozogʻiston – 85,0 ming tonna
    Pokiston – 75,5 ming tonna
    Qirgʻiz R. – 16,8 ming tonna
    Niderlandiya – 8,1 ming tonna
    Rossiya – 4,2 ming tonna
    Fransiya – 573,8 tonna
    Afgʻoniston – 374,6 tonna
    Germaniya – 66,3 tonna