Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 79,1 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar:
Eron – 119,3 ming tonna;
Qozogʻiston – 85,0 ming tonna;
Pokiston – 75,5 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 16,8 ming tonna;
Niderlandiya – 8,1 ming tonna;
Rossiya – 4,2 ming tonna;
Fransiya – 573,8 tonna;
Afgʻoniston – 374,6 tonna;
Germaniya – 66,3 tonna.