Gʻarbiy Virjiniya universiteti olimlari 270 nafar ayol ishtirokida tajriba oʻtkazishdi. Qatnashchilarning birinchi guruhi umuman stomatologga murojaat qilmagan. Qolgan qismi esa tishi ogʻriganda kerakli muolajani olgan.

Ikkala guruhdagilarning miya faoliyati testlar yordamida tekshirildi. Buni qarangki, birinchi guruhdagilarning xotirasi ikkinchi guruhdagilarnikiga qaraganda past ekanligi maʼlum boʻldi.

Troms, Stokgolm va Umeysk shahri universitetlari olimlari olib borgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, tish yoʻqotilishi miyaning uzoq muddatli xotira uchun javobgar boʻlgan qismi faoliyatining sekinlashishiga olib keladi. Shuning uchun agar ogʻiz boʻshligʻi salomatligiga jiddiy eʼtibor berilsa, gippokamp faoliyatidagi buzilishlarning oldini olish mumkin.

Tadqiqot 55 yoshdan 80 yoshgacha boʻlgan 273 nafar inson oʻrtasida oʻtkazildi. Qatnashchilarga miya faoliyatini baholashga qodir turli testlar taklif etildi hamda ularning ogʻiz boʻshligʻi koʻrikdan oʻtkazildi. Aniqlanishicha, ogʻiz boʻshligʻida koʻproq sogʻlom tishlari saqlangan insonlar miya faoliyati boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatishgan. Agar insonda 20 tadan ortiq tish saqlangan boʻlsa, ularning xotiralari tishlarini ancha avval yoʻqotgan bemorlarga nisbatan yaxshi boʻlgan.

Tishning xotiraga qanday aloqasi bor dersiz? Ogʻiz orqali organizmga turli bakteriyalar tushadi. Ular orasida miya faoliyatiga salbiy taʼsir qiladiganlari ham talaygina. Ana shular xotira va diqqatni jamlashga xalal beradi.