Farg‘onada tuzalib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan. Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollar bo‘lib, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.

Farg‘onada shu paytga qadar 84 nafar bemor sog‘aygan.

Navoiyda sog‘aygan bemor ayol 45 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. Koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Namangan viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar bemor sog‘aydi. Namanganda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Namangan shahridan, 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan, 2 nafari Norin tumanidan, 1 nafardan Chust, Namangan va Uychi tumanlaridan) bo‘lib, ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, ikki nafar eng yoshi kichigi 2019-yilda tug‘ilgan. Namanganda shu paytga qadar 106 nafar bemor tuzalgan.

Samarqandda tuzalganlardan 1 ayol 37 yoshda bo‘lib, Samarqand shahridan. Yana 1 erkak ham 37 yoshda bo‘lib, Toyloq tumanidan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Samarqanda shu vaqtgacha 24 nafar bemor tuzalib chiqdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1 347 nafarni tashkil etadi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.