Maʼlumki, kasb tanlash, kasbga yoʻnaltirish haqida qanchalik fikr yuritmaylik, maxsus testlarni ishlab chiqmaylik, baribir hayotda kim boʻlish kerakligini ota-ona ham bitiruvchi ham bilmaydi. Shu bois, bu muammoni samarali hal qilish maqsadida psixologlar quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarurligini taʼkidlaydilar.
1. Oʻzingizni sinab koʻring. Aksariyat kasb tanlash bosqichida boʻlganlar faqat bitta narsani bilishadi. Undan keyin nima qilish kerakligini umuman bilmasliklari barchamizga ayon. Shuning bilan birga qaror qabul qilish natijasida oʻziga xos qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Buning uchun sizga tanlagan kasbingizga mos yoki mos kelmasligingizni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan testlarni maslahat beramiz. Shuni unutmang, siz bir vaqtning oʻzida3-4 ta testdan oʻtsangiz, ularning natijalari mutlaqo bir-biriga teskari boʻlishi mumkin. Bunday paytda siz kasbga yoʻnaltirish boʻyicha qulay testni tanlashingiz lozim. Psixolog E.Suslovaning fikriga koʻra, test toʻplami mazkur soha mutaxassislari tomonidan tayyorlanish hamda individual ravishda tanlashi kerak. Shuni esda tutish kerakki, test natijalariga “hukm” deb qarash kerak emas. Biz psixik xususiyatlar va intellektni hisobga olgan holda aniq bir faoliyat turiga nisbatan moyillik xususida fikr yuritamiz.
2. Bilimlaringizni kengaytiring. Mazkur muammoni biroz osonlashtirish maqsadida siz mehnat faoliyati va undagi yoʻnalishlar, istiqboli mavjud boʻlgan soha va mutaxassisliklar toʻgʻrisida bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak. Har yili oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha kitoblar nashr qilib boriladi. Ularda siz hattoki, maktab oʻquvchilari koʻpincha bilmaydigan kasblar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ehtimol ulardan qaysi biridir sizning tanlovingiz boʻlishi mumkin.
3. Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing. Maktabni bitirish arafasida oʻspirin kasblar haqida xato va notoʻgʻri tasavvurga ega boʻladilar. Koʻpincha ular tanlagan kasblarini faqat ijobiy tomonlarini yoki aksincha salbiy jihatlarini koʻradilar. Buning uchun ota-onalar farzandlariga koʻp narsalarni aniqlab olishlari uchun yordam berishlari kerak. Shuning uchun 9-sinfdan boshlab asta–sekin oʻzingiz tanlagan yoʻnalishingiz bilan tanishish maqsadida institut va universitetlardagi “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurishni unutmagan holda qaror qabul qilishingiz lozim.
4. Oʻz xohishlaringizni tizimlashtiring. Baʼzi soha mutaxassislari maslahat berganidek, oʻzingiz uchun stol tayyorlashingiz mumkin. Sizni yuragingizga yaqin boʻlgan kasblarni vertikal ravishda va faoliyatingizda nimani xohlashingizni gorizontal ravishda joylashtirishga harakat qiling. Jadvalni iloji boricha batafsil toʻldirishingiz kerak. Agar tanlagan kasb sohasi va ishga qoʻyilgan talablar bir-biriga mos keladigan boʻlsa, “+”, agar mos boʻlmasa “-” ishoralarini qoʻyishingiz lozim. Shunday qilib, tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan yoki tanlov doirasini va fikrlarni sezilarli darajada aniqlashga qaratilgan tasvir shakllantiriladi.
5. Soʻzdan amalgacha. Shunday qilib, biz biror narsa toʻgʻrisida qaror qildik yoki biror narsani tanladik. Endi siz oʻzingizni sinab koʻrishingiz kerak. Buning uchun turli oʻquv- guruhlari boʻlgan koʻplab ixtisoslashgan maktablar va kurslari mavjud boʻlib, ular sizga transport vositalarini mexanikasidan tortib, tadbirkorlikkacha oʻzingizni sinab koʻrish imkoniyatini beradi. Mazkur taʼlim muassasalarining aksariyat qismida darslar bepul amalga oshiriladi.
6. Zaxira aerodromi. Sizni oʻzingiz xohlagan aniq tanlovingiz boʻlishi bilan birga har holda qoʻshimcha ravishda eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan kasbingiz ham boʻlishi kerak. Hayotni oldindan aytib boʻlmaydi chunki har qanday narsa yuz berishi mumkin. Shu bois, tanlagan universitet va yoʻnalishingizga qobiliyatlaringiz mos kelmaganligi sababli kira olmay koʻnglingizda jarohat hosil boʻladi. Siz shunchalik ertalab uygʻonishingiz mumkin va oʻzingizni tanlovingizdan xafsalangiz pir boʻlib, uni oʻzgartirishga harakat qiling.
7. Qaror faqat mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Ota-onangiz tomonidan beriladigan maslahatlar foydali lekin ularni fikri yakuniy qaror boʻlmasligi kerak. Psixologlarning taʼkidlashicha, biz koʻpincha atrof-muhitga, qarindoshlar, oʻqituvchilar, doʻstlarimizga eʼtibor qaratamiz. Odatda bunday vaziyatda ikkita yoʻldan boramiz yaʼni ularning fikriga amal qilamiz yoki aksincha. Oʻzi oʻsmir uchun nima kerak? Masalan, ona butun hayot davomida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullandi lekin u bu faoliyatidan allaqachon voz kechish kerak edi. Endi oʻzi xohlagan narsasiga qizi orqali erishishiga harakat qiladi. Bunday vaziyatda qanday yoʻl tutish kerak? Qarorni tinchlik yoʻli bilan qabul qilishga harakat qiling. Masalan, raqs oʻqituvchisi yoki ximiya oʻqituvchiligidan qaysi birini tanlashingiz uchun ota-onangiz va doʻstlaringizning maslahatlariga amal qiling. Baribir yakuniy qarorni oʻzingiz qabul qilishingiz lozim.
8. Kasb tanlashda oilaviy anʼanani davom ettirish shart emas. Siz oʻzingizni ishingiz undagi imkoniyatlar qulayliklar shuning bilan birga farzandingiz uchun muvaffaqiyatli martaba haqida oldindan bashorat qilib gapirishingiz mumkin. Agar farzandingiz sizni yoki otasini kasbini davom ettirmoqchi boʻlsa bu juda yaxshi. Lekin majbur qilishning oʻzi notoʻgʻri. Agar inson oʻzi yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shugʻullangandan keyin oʻzini baxtsizdek his qiladi.
Shunday qilib fikrlarimiz asosida quyidagi xulosalarni keltirib oʻtamiz:
- oila aʼzolaringiz va doʻstlaringiz bilan maslahatlashilgan holda ularning fikriga koʻra, siz tanlagan kasbingiz oʻzingizga mos keladi;
- ommaviy axborot vositalari yangi kasb sohalari haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi va maxsus manbalar (adabiyotlar internet va boshqalar) sizga jamiyatda ehtiyoji yuqori boʻlgan yoʻnalishlar haqida maʼlumotlar beradi;
- oʻzingizni xohishingiz va hayotingizdagi ustanovkalaringizni esingizga oling;
- olingan materiallarni har tomonlama koʻrib chiqing, yaxshilab tahlil qiling va oʻzingizga “Hayotda menga nima kerak?” degan savolga javob berishga harakat qiling.
- imkoniyatingiz boʻlsa, kasb tanlash boʻyicha malakali mutaxassis bilan maslahatlashishingiz zarur.
Azizxon Bahodirov,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
universiteti magistranti








