Kassa yonida navbatda turgan shaxsning telefoni oʻgʻirlandi

    Oʻgʻirlangan buyum sotib yuborilgan.

    2023-yilning 26-yanvar kuni Metropolitenda XTBga fuqaro R.T ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 25-yanvar kuni metropolitenning “Chilonzor” bekatida chipta olish uchun kassa yonida turgan vaqtida, egnidagi qora rangli kurtkasining oʻng yon choʻntagida boʻlgan, “Spark Go” rusumli uyali telefon apparatini nomaʼlum shaxs tomonidan oʻgʻirlanganligini maʼlum qilgan.

    Tezkor surishtiruv tadbirlari jarayonida, yuqoridagi jinoyat muqaddam sudlangan fuqaro I.A tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, qoʻlga olingan. Fuqaro I.A oʻz koʻrsatmalarida haqiqatdan ham 2023-yilning 25-yanvar kuni soat tahminan 11:50larda “Chilonzor” metro bekatida kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab olib, voqea joyidan yashiringanligini, oʻgʻirlangan telefon apparatini sim kartasini chiqarib tashlab yuborib, “Farxod” bozori oldida bir nomalum shaxsga 200.000 soʻmga sotib yuborganligini maʼlum qilgan.

    Holat yuzasidan IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taminlash departamenti Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.