Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Madaniyat vazirligi hamda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan yosh isteʼdodlarni izlab topish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan kastingning ikkinchi bosqichida ishtirok etayotgan navbatdagi nomzodlarni saralash jarayoni boʻlib oʻtdi.

Kastingning birinchi bosqichida 87 nafar nomzod ishtirok etgan boʻlsa, ikkinchi bosqichda 70 nafar yosh ijrochilar qatnashdi.

Mazkur bosqichda, 30 nafardan ortiq ishtirokchilarning chiqishlarini Oʻzbekiston xalq hofizlari va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlardan iborat ijodiy guruh baholab bordi.

Kasting jarayonida saralab olingan iqtidor egalari ijodiy guruh aʼzolarining yakuniy xulosasidan soʻng eʼlon qilinadi, deb xabar beradi madaniyat vazirligi matbuot xizmati.