Qo'qon shahrida yashovchi fuqaro E.I IIBga murojaat qilib, 2020-yilning oktyabr oyida noma'lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo'lgan 16,471 AQSH dollarlik temir mahsulotlarini sotib olishga kelishgani, ammo o'sha shaxs temir mahsulotlarni boshqa shaxslarga sotib, pullarni o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan. Bu haqida Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etgani aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. Boisi, qonunga asosan firibgarlik jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.