“KazTransOil” kompaniyasi Rossiyadan O'zbekistonga 31,1 ming tonna neft yetkazib berdi

    2023-yilning uchinchi choragida “KazTransOil” Omsk – Pavlodar – Chimkent – “Shag'ir” neft estakadasi yo'nalishi bo'yicha Qozog'iston hududi orqali O'zbekistonga 31,1 ming tonna Rossiya neftini tranzit asosida yetkazdi.

    Eslatib o'tamiz, 2023-yilning birinchi choragida magistral neft quvurlari tizimi orqali “KazTransOil” O'zbekistonga 10,7 ming tonna, 2023-yilning ikkinchi choragida – 37,9 ming tonna Rossiya neftini tranzit asosida yetkazib berdi.

    Oktyabr oyida O'zbekistonga Qozog'iston hududi orqali Rossiya nefti tranziti hajmi 25 ming tonnani tashkil etadi.

    Kompaniyaning tushuntirishicha, Rossiya neftining Qozog'iston Respublikasi hududi orqali tashish O'zbekistonga neft yetkazib berish borasida Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.

    “KazTransOil” magistral neft quvurlari orqali Rossiya neftini O'zbekistonga tortib kelishni 2017-yildan boshlagan. Tranzit hajmi 2017-yilda 67,9 ming tonnani, 2018-yilda 36 ming tonnani tashkil etdi. 2019-2022-yillar davomida Rossiya nefti tranzit qilinmadi, deb xabar beradi kapital.kz.