Kecha Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi

    Shunga qaramay, kecha elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha defitsit 6,4 mln kVt·soatni tashkil etib, mamlakatimiz boʻylab kunning tigʻiz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur boʻlindi.

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev 18-fevral kuni isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

    Taʼkidlanishicha, 18-fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna koʻmir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.

    Shuningdek, Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Shunga qaramay, kecha elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha defitsit 6,4 mln kVt·soatni tashkil etib, mamlakatimiz boʻylab kunning tigʻiz vaqtida 400 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur boʻlindi.

    Respublika isteʼmolchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz isteʼmoli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.