Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengashi raisi oʻrinbosari A.Davletov, Kegeyli tumani hokimi D.Utemuratov, deputatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Abilbayev Islom Jengisbayevich shahar hokimining Ekologiya va Orolboʻyi hududlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari,
Utemuratov Axmet Perdelanda shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Yigʻilishda hokim oʻrinbosarlarining vazifalari atroflicha tushuntirildi, deya xabar beradi Kegeyli tumani hokimligi matbuot xizmati.