Farmon bilan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida ishlab chiqilgan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Dasturga koʻra, 2022-yilda:
Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:
◾️ hujjatlarni berish va almashtirishda, oʻzaro bogʻliq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
◾️ “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tugʻilganlik toʻgʻrisida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
◾️keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini koʻrsatish soddalashtiriladi.
Qonun ustuvorligini taʻminlash doirasida:
◾️ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va maʻmuriy ishlar boʻyicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etiladi;
◾️qarori, harakati noqonuniy emasligini maʻmuriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning oʻziga yuklash tartibi joriy etiladi;
◾️harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi.
Shuningdek, jazoni oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi.
Ushbu tizimda tadbirkorlik, meʻmorchilik, hunardmandchilik boʻyicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.