Oʻzgidrometning 15-18-oktyabr kunlari uchun ishlab chiqqan prognoz xabariga koʻra, 18-oktyabr kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, janubiy viloyatlar (Surxondaryo va Qashqadaryo) hamda Fargʻona vodiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutiladi. 

Mazkur yogʻinlarni Kavkaz hududlaridan kelishi kutilayotgan nam havo oqimlari mintaqaga olib keladi.

17-19-oktyabrda havo harorati kechalari +3+8 daraja iliqgacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari +15+20 darajagacha asta-sekin pasayadi.

17-19-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi.

17-18-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev oʻzining Feysbukdagi sahifasida maʼlum qildi.