Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brendni jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan yangi loyihalar uchun 10-yil muddatga, aylanma mablagʻ uchun 2-yilga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi.

Mashhur brendlar buyurtmalarini bizning korxonalarga joylashtirish bilan shugʻullanadigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda, har bir brendga 500 million soʻmgacha subsidiya beriladi.