Shunday boʻlsa-da, tomchilab sugʻorish joriy qilindi, deb hisobot berilgan barcha dalalarda ham bu tizim ishlamayapti. Qoraqalpogʻistonda esa lazerli tekislashga 10 milliard soʻm subsidiya berilgan boʻlsa-da, bu mablagʻ ishlatilmasdan qolmoqda.

Masʼul idoralarga lazerli tekislash, suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi va ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Qoraqalpogʻistonda mavjud lazerli tekislangan yerning har gektariga 1 million soʻmdan subsidiya berish tizimi endi Xorazmda ham joriy etiladi.

Umuman, kelgusi yilda suv tejovchi texnologiyalar uchun 700 milliard soʻm subsidiya, 2,5 trillion soʻm kredit ajratilishi belgilandi.