Kelgusi yili viloyatda 1,5 milliard dollar investitsiya olib kelib, sanoatda 12 trillion soʻm mahsulot ishlab chiqarish, 500 million dollarlik eksportni amalga oshirib, 100 million dollar importni qisqartirish, kamida 500 ming xorijiy sayyohga xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratish, 400 ming aholini band qilish viloyat, tuman hokimlarining asosiy vazifasi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Eng asosiy masala – investitsiya va sanoat. Bunda eng katta zaxira mavjud konlarni ishga solishdir.

Sariosiyodagi "Chinorsoy" polimetall konida qoʻrgʻoshin, rux va oltin, "Xoʻja-osmin" konida oq marmar, Boysun va Sariosiyoda koʻmir, Sheroboddagi “Xoʻjai-kon” konida kaliy oʻgʻiti zaxiralarini oʻzlashtirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi oldiga viloyatning togʻli hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish vazifasi qoʻyildi.