Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lum qildi.
Kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan tabiiy ofat infratuzilmaga zarar yetkazib, yo'llarni suv bosishiga, chorva mollarining nobud bo'lishiga olib keldi.
Keniyada mart oyining ikkinchi yarmida boshlangan uzoq muddatli yomg'ir mavsumi may oyining oxirigacha davom etishi kutilmoqda. Keniya meteorologiya departamenti ma'lumotlariga ko'ra, yog'ingarchilik 15 aprelgacha mamlakatning aksariyat qismida davom etadi, deb xabar beradi report.az.