Keniyada yo'lovchi samolyoti halokatga uchradi, oqibatda 12 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Keniyaning sharqidagi Kvale okrugida yo'lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi xabar berdi.

    Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Diani qirg'oq shahridan Kichva Tembo milliy bog'ining g'arbiy kurortiga sayyohlarni olib ketayotgan samolyot bortida 12 kishi bo'lganini tasdiqladi. Omon qolganlar yo'q.

    Hodisa joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda.

    Huquqni muhofaza qilish organlari hozirda halokat sababini tekshirmoqda, deb xabar berdi liter.kz.