баннер
18 Mar 2025
16:05

    Kiberijtimoiylashuv davrida hatarlar va ularni oldini olish

    Raqamlashtirish 24 Fevral 2025 79

    Hozirgi zamonaviy raqamlashtirilgan olamda internet va ijtimoiy tarmoqlar inson hayotining ajralmas qismiga aylandi.

    Hamma faqat virtual muhitda muloqot qilib kelmoqda. Bu holat nafaqat muloqat balki, tadbirkorlik elektron tijorat asosida, bilim olish masofaviy shaklda va hayot tarzi ijtimoiy tarmoqlarda shakllanmoqda. Biroq, kiberijtimoiylashuv jarayonida turli xavflar mavjud boʻlib, ulardan himoyalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

    Kiberijtimoiylashuv xavflari. Ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda shaxsiy maʼlumotlarni joylashtirish orqali oʻz xavfsizligiga tobora koʻproq xavflarni tugʻdirish. Kiberjinoyatchilarga qulay imkoniyatlar yaratish orqali, tahdidchilar maʼlumotlardan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanishlarga sababchi boʻlib qolinmoqda.

    Fishing va onlayn firibgarlik. Fishing hujumlari elektron pochta, ijtimoiy tarmoq yoki telefon orqali amalga oshirilib, foydalanuvchilardan maxfiy maʼlumotlarni (parollar, bank maʼlumotlari) olishga qaratilgan. Firibgarlik usullari tobora murakkablashib bormoqda.

    Fishing hujumlari quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:

    • Elektron pochta fishingi: Xakerlar ishonchli kompaniya yoki tashkilot nomi ostida soxta elektron xatlar yuborib, foydalanuvchilarni oʻz maʼlumotlarini kiritishga majbur qiladi.
    • Sayt fishingi: Rasmiy saytlarga oʻxshash soxta veb-sahifalar yaratilib, ular orqali foydalanuvchilardan shaxsiy maʼlumotlar yigʻiladi.
    • SMS fishing (Smishing): Telefon orqali yuborilgan soxta xabarlar orqali firibgarlik amalga oshiriladi.
    • Telefon fishingi (Vishing): Telefon orqali bank yoki boshqa rasmiy tashkilot nomi bilan ishonchli maʼlumot talab qilinadi.

    Bu holatlardan habardor boʻlish va uni oldini olish faqat va faqat kiberxujumga uchrayotgan fuqarolarning oʻzlari bogʻliq. Oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini xavfsizligini taʼminlash uchun ushbu noxush holatlarni oldini olish choralarini koʻrish lozim.

    Virtual muhitda muloqat qilishning yana bir ijtimoiy xaflardan biri bu kiber zoʻrovovnlikdir. Kiberbulling (onlayn tazyiq). Ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda tazyiq va taʼqib holatlari koʻp uchraydi. Bu ayniqsa yosh bolalar va oʻsmirlar uchun jiddiy ruhiy muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Voyaga yetmagan yoshlarga har xil turdagi onlayn zoʻrovovnlik turlari mavjud. Bularga ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan bolalarning ota-onasining xati-xarakatlari aksariyat sababchi boʻlib qolmoqda. Bolalarning ommaviy muhokamaga qoʻyilishiga sababchi boʻlish holatlari. Yoki bolalarning ijtimoiy tarmoqlardagi xati-xarakatlarini ragʻbatlantirish holatlari, oxir oqibatda oʻzlariga nisbatan kiber zoʻrovovnlik shakliga aylanib qolyapdi. Bularning oldini olish uchun bolalar tarbiyasi bilan bir vaqtda kiberijtimoiylashgan jamiyatni muloqot usullarini oʻzgartirish kerak. Xozirigi kunda yoshlar uchun eng muhim narsa internet yaʼni virtual xayot boʻlib qoldi. Ammo hamma tarqatilayotgan axborotlar ham haqiqiy, rost axborot eganligiga kafolat yoʻq.

    Dezinformatsiya va yolgʻon xabarlar. Tarmoqlarda turli soxta xabarlar va dezinformatsiya tarqalishi jamiyatda notoʻgʻri tushunchalar shakllantirib, odamlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatib kelmoqda.

    Oldini olish choralari:

    • Notanish yoki shubhali manbalardan kelgan elektron xatlarga javob bermaslik.
    • Bank va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga oshkor qilmaslik.
    • Qoʻshilgan fayllar va havolalarni tekshirib koʻrish.
    • Antivirus dasturlaridan foydalanish va tizimni doimiy ravishda yangilab borish.
    • Qurilmalarda ikki bosqichli autentifikatsiyani faollashtirish.

    Kiberijtimoiylashuv hayotimizni osonlashtirgani bilan birga, u bilan bogʻliq xavflar ham mavjud. Internetdan foydalanishda shaxsiy xavfsizlikka rioya qilish, kiberxavflardan himoyalanish va maʼlumotlarni ongli tarzda tahlil qilish va qabul qilish muhimdir. Har bir inson kiber madaniyatga ega boʻlishi va onlayn muhitda oʻz xavfsizligini taʼminlash uchun masʼuliyatli boʻlishi lozim.

    M.Yunusova,

    TDYU professori

    Telegram kanalimiz
    Text to speech