Kiberxavfsizlik markazi aholini firibgarlar tuzog‘idan ogohlantirdi

    Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti nomidan turli xabarlar tarqatilmoqda.

    IIV Kiberxavfsizlik markazi "Deputat G‘ayrat Ergashevich ish haqiga ega bo‘lmagan yoki ish haqi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan o‘rtacha 3 million so‘m kam bo‘lgan har bir fuqaroga 2 000 000 so‘mdan to‘lov tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi! Har bir fuqaro O‘zbekiston Respublikasi parlamenti veb-saytiga murojaat qilishi va 2 000 000 so‘m olishi mumkin, shunchaki ma’lumotlaringizni qoldirib, to‘lov uchun kartani ulang!" mazmunidagi xabarlar kelsa, ularga aslo ishonmaslikni, bu xabarlar yolg‘on ekanidan ogohlantirmoqda.

    "E’tiborli bo‘ling, firibgarlar Siz orqali telegram messenjerida havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqdalar. Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil ma’lumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring!", deyiladi xabarda.