Uchrashuvda hamkorlikning joriy holati, shuningdek, hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma memorandum doirasida olib borilgan tadqiqot loyihasining dastlabki natijalari muhokama etildi. Xususan, toʻlov xizmatlari bozorini birgalikda oʻrganish natijasida ushbu bozorni yanada rivojlantirish va naqd pulsiz toʻlovlar ulushini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilganligi qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar kiberhujumlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik darajasini oshirish va ushbu yoʻnalishda bank xodimlari va jamoatchilikning xabardorligini oshirish masalalarini ham muhokama qildilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.