24 yoshli hujumchining fikricha, u yozda "PSJ"ni tark etishga majbur bo'ladi. Futbolchi qarorini quyidagicha tushuntirdi.
"Men qolishni juda xohlardim, bu mening xohishim edi. Ammo jamoa kelasi yozda tekinga ketsam klubda yuzaga keladigan moliyaviy muammolar haqida aytishdi. Shuning uchun men muammo tug'dirmaslik uchun shu yozda ketishga rozi bo'ldim", deya fransiyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi PSJ Communityning bosh muharriri Maksi Miotto.
Mbappening "PSJ" bilan shartnomasi 2024-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va o'tgan yili futbol yulduzi "Real"ga o'tishdan bosh tortgandi, deb xabar beradi tengrinews.kz.