Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreya Respublikasi xavfsizlik va davlat boshqaruvi vazirining birinchi oʻrinbosari (2012-yilgacha) hamda Oʻzbekiston Respublikasi AKT vazirining sobiq oʻrinbosari Kim Nam Sok bilan uchrashdi.
Uchrashuvda hamkorlikda IT sohasinini yanada rivojlantirish, Koreyadagi yetakchi IT kompaniyalarni yurtimizga jalb qilish, masalalari muhokama qilindi.
Kim Nam Sok joriy yilning aprel oyida Seul shahrida boʻlib oʻtgan “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbirida soʻzga chiqib, Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi aloqalar har sohada mustahkamlanib borayotgani, ushbu aloqalarning mustahkamligi ikki davlat uchun juda katta foyda ekanligi hamda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor haqida alohida toʻxtalib oʻtgan edi.
Shu bilan birga, bugungi uchrashuv davomida Oʻzbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, joriy etilgan imtiyozlar haqida suhbatlashildi hamda IT va xizmat koʻrsatish sohalarida hamkorlikni yanada oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Kim Nam Sokka Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Oʻzbekistonning IT boʻyicha Janubiy Koreyadagi faxriy elchisi boʻlish taklif etildi. Kim Nam Sok nutqi davomida Oʻzbekistonni IT xabga aylantirish boʻyicha mamlakat Prezidenti qoʻllab quvvatlashi natijasida katta ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi hamda ushbu sharafli vazifani qabul qildi.
Maʼlumot uchun: janob Kim Nam Seok 2013 — 2017-yillarda Oʻzbekistonda AKT vaziring oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan birinchi chet el fuqarosi. Koreya tajribasi asosida elektron hukumatni yurtimizda rivojlanishiga hissa qoʻshgan.