Uning aytishicha, mandarinning kuniga ruxsat etilgan normasi 200-400 gramm. Bir o'tirishda bir kilogramm mandarin iste'mol qilish, oshqozon-ichak tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi, hatto, allergiyani ham yuzaga keltirishi mumkin.
O'tgan yilning dekabr oyida Rospotrebnadzorning Moskva viloyati bo'yicha oziq-ovqat gigienasi nazorati bo'limi boshlig'i Nadejda Rayeva mandarinlarni qanday tanlash kerakligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, mevalarning qobig'iga e'tibor berish kerak va agar ular yopishqoq va ho'l bo'lsa, mandarinlar tezda yomonlashadi va mog'orlanadi. Ular, shuningdek, mog'orlanish oqibatida yuzaga keladigan toksinlarni o'z ichiga olishi mumkin.
Shu bilan birga, endokrinolog, “SM-kliniki”ning diyetologi, tibbiyot fanlari nomzodi Oksana Mixalyeva mandarinlarni ortiqcha iste'mol qilish xavfi haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, ayniqsa, mandarinda mevali kislotalar ko'p bo'lib, bu oshqozon suyuqligida kislota miqdori yuqori bo'lgan, oshqozon yarasi kasalligi mavjud bo'lgan odamlarda oshqozon shilliq qavatining yallag'lanishini yuzaga keltiradi.