Kimlarning koronavirusga chalinish xavfi eng past?

    Immunolog Nikolay Kryuchkovning taʼkidlashicha, baʼzi kishilarning koronavirus bilan kasallanish xavfi past yoki nolga teng. Kasallik yuqtirgan bir odam to'rt kishini zararlashi mumkin.

    Shifokorning soʻzlariga koʻra, birinchi navbatda bularga kuchli tugʻma immunitetga ega odamlar kiradi.

    “Nisbatan oz miqdordagi virusli” dozada “bunday” immunitet yuqori nafas yoʻllarida ishlaydi va infeksiyaning tanaga kirib ketishiga yoʻl qoʻymaydi“, dedi u ”KP" ga bergan intervyusida.

    Yana bir toifasi — mavsumiy koronavirus infeksiyalariga chalingan odamlar. Odatda, tanada kuchli antitanachalar yoki xotira immun hujayralari saqlanib qoladi va bu oʻz navbatida “oʻziga xos immunitet reaksiyasini” faollashtiradi.

    Kryuchkovning taʼkidlashicha, umuman organizmi kuchli boʻlgan, trombozga moyil boʻlmagan va immuniteti past boʻlmagan odamlarni COVID-19 bilan kasallanish xavfi kam. Bunday odamlarda infeksiya boʻlsa ham, kasallik deyarli sezilmaydi, deydi shifokor.

    “GlagoL” maʼlumotlariga koʻra, yetakchi tibbiyot mutaxassisi, Gonkong Tibbiyot maktabi dekani, professor Gabriel Leungning aytishicha, yangi koronavirus shtammi DNK mutatsiyalari tufayli infeksiyaning yuqumlilik darajasini 30 foizga oshirgan.

    Kasallik yuqtirgan bir odam toʻrt kishini zararlashi mumkin, dedi u. Bu “dunyo hech qachon koʻrmagan” virusning ommaviy ravishda tarqalishiga sabab boʻladi.