Kengashga Oʻzbekiston, Tojikiston, Belarus Qozogʻiston, Rossiya, Turkmaniston, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya singari mamlakatlar davlat kinostudiyalari, kinematografiya tashkilotlari rahbarlari taklif etilgan.

Anjumanning ochilishida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosari Matlubaxon Sattoriyon MDX mamlakatlari oʻrtasida kinomatografiya soxasida bugungi hamkorlik aloqalari haqida toʻxtalib, bu borada Oʻzbekiston kinoijodkorlarining hissasini alohida eʼtirof etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, ,“Oʻzbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Adilov, ,,“Tojikfilm” davlat muassasasi rahbari Mahmasaid Shoxiyon va boshqalar Oʻzbekiston va Tojikiston kino sanoatida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi kinoloyihalar haqida soʻz yuritlilar.

Ayni paytda ikki mamlakat kinoustalari tomonidan ,“Navoiy va Jomiy”, “Notanish yulduz,” badiiy filmlari ustida ish olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz mazkur xalqaro anjuman doirasida Tojikistonda Oʻzbekiston kinosi kunlari oʻtkazilmoqda. Tojikistonlik kino muxlislarga “101-reys”, ,,Bir kunlik toʻy“, ”Tutqunlik“, ”Matonat maktabi" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etilmoqda. Oʻzbekiston kinosi kunlari Dushanbe va Hisor shaharlari, Soʻgʻd, Xatlon, Togʻli Badaxshon viloyatlarida ham davom etmoqda.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi