“O'zbek milliy kino san'ati haftaligi” doirasida “Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi” DUK tomonidan yosh kinoijodkorlar uchun kasting o'tkazildi. Ushbu loyiha "O'zbekkino" tarixida ilk marotaba bo'lib o'tmoqda.
Kasting davomida yangi loyihalar uchun zarur qahramonlar tanlash jarayonlariga alohida e`tibor karatildi. Joriy yilda “O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan 40dan ortiq badiiy va hujjatli, 10 ga yaqin seriallar suratga olinadi.
"O'zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati
“