Bugun erta tongdan taniqli kinoijodkorlar tarkibidan yigʻilgan Kinokarvon Qashqadaryoga joʻnab ketdi.
Shuningdek mazkur Kinokarvon aksiyasiga Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransportlari ham joʻnab ketdi. Kinokarvon aksiyasi doirasida viloyat hududlarida ijodkorlarning xalqimiz bilan ijodiy uchrashuvlari, milliy filmlar namoyishlari va madaniy kechalar tashkillashtirish koʻzda tutilgan.