Ertaga, 4-avgustdan boshlab “Qalandartepa” buyum bozori, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyati tiklanadi.
Tumandagi umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari roʻyxati shakllantiriladi. Roʻyxatga kiritilmaganlarning faoliyati qatʼiyan taqiqlanadi.
Epidemiyaning qayta tarqalishiga imkon bermaslik uchun sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilinadi.
Avvalroq, viloyat maxsus komissiyasining 293-sonli yigʻilish bayoni bilan joriy qilingan cheklovlarini yumshatish boʻyicha 3-avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga qator vakolatlar berilgan edi.