Xalq taʼlimi vazirining nazorat-huquqiy xizmati tomonidan mazkur holat oʻrganildi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu xatti-harakatlar Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 17-maktabning 11-“A” sinfi oʻquvchilari tomonidan suratga olingan.
Holat Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi, tuman hokimligi, voyaga yetmaganlar boʻyicha idoralararo komissiyasi, IIB hamda oʻquvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilindi.
Boshqarma axborot xizmatining maʼlum qilishicha, ota-onalar farzand tarbiyasiga eʼtiborsizligi, ularning qilgan ahloqsizligi uchun barchadan uzr soʻradi.
Ota-onalarga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasiga koʻra qonunda belgilangan tartibda chora koʻrildi, oʻquvchilar profilaktik hisobga olindi.