“Yosh kitobxon“ tanlovining respublika final bosqichiga start berildi

    Mazkur tanlovning joriy yilgi respublika final bosqichi Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Yoshlar kutubxonasida oʻtkazilmoqda.

    Ayni damda tanlovda hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan kitobxon yoshlar 5 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, 31-martga qadar davom etadigan tanlovning respublika final bosqichi gʻoliblari Prezident sovgʻasi – elektromobil, shuningdek, ikkinchi oʻrin sohiblari 75 million, uchinchi oʻrin sohibiga 50 million, har bir ishtirokchi esa 10 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.