- jamoat joylarida niqobsiz bo'lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 115 000 so'm) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ko'ra, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to'g'risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o'ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to'g'risida xabar berilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay to'lanishi lozim.
O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo'lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to'lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o'zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.