Avval boshda esa bu xarajatlar 1,35 trillion yena boʻlishi rejalangan edi.

“Tokio-2020” Olimpiadasining xarajatlari 294 milliard yenaga (2,84 milliard dollarga) ortdi. Bu, jumladan Oʻyinlar obyektlarini jihozlash, Olimpiya shaharchasiga xizmat koʻrsatish va sport jihozlarini saqlash xarajatlarining ortishi hisobiga boʻldi. 96 milliard yena (taxminan 1 milliard dollar) esa 2021-yilda Olimpiada paytida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun sarflanadi.

Oʻyinlar umumiy xarajatlarining 721 milliard yenasini (deyarli 7 milliard dollar) Tashkiliy qoʻmita oʻz zimmasiga oladi, Tokio munitsipaliteti xarajatlarning 702 milliard yenasini (deyarli 6,8 milliard dollar), Yaponiya hukumati – 221 milliard yenasini (2 milliard dollar) toʻlaydi.