Koʻchmas mulk buzilishi boʻyicha kompensatsiya toʻlashda haligacha muammolar bor

    Koʻchmas mulk buzilishi boʻyicha kompensatsiya toʻlashda haligacha muammolar borligi qayd etildi.

    Hozirda ushbu xarajatlar viloyat byudjeti hisobidan qoplanayapti. Lekin ayrim viloyatlar byudjetida mablagʻ kam qolayotgani uchun tadbirkorning pulini qoplab berish 5-6-yilga choʻzilib ketmoqda.

    Endilikda yer savdosidan tushgan mablagʻlar avvalo buzilishlar boʻyicha tadbirkorlardan qarzni soʻndirishga qaratiladi.