Ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi boʻyicha 150 kVt va tabiiy gaz boʻyicha esa 150 kub metrgacha bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun yuqori tarif bilan oddiy tarif oʻrtasidagi farqni kompensasiya qilib berish yuzasidan 1,6 milliondan ortiq oiladan arizalar qabul qilindi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, toʻlab berilganlarning 843 ming nafari reyestrlarga kiritilgan va 758 ming nafari reyestrlardan tashqari oilalar tashkil etadi.
Bazaviy meʼyordan ortiq isteʼmol qilgan ehtiyojmand oilalarga may iyun oylarida jami 7,4 mlrd soʻm, shundan, may oyi uchun 159,5 ming oilaga 3,2 mlrd soʻm hamda iyun oyi uchun esa 223,6 ming oilaga 4,2 mlrd soʻm kompensasiya pullari toʻlab berildi.
Barcha kompensatsiya pullari fuqarolarning bank plastik kartochkalariga toʻliq oʻtkazib berilgan.
Iyul oyi uchun kompensatsiya pullari avgust oyida toʻlab berilishini maʼlum qilindi.
Kompensatsiya olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.








