Ko'hna Buxoroda o'tgan ikki kun...

    O'zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning 24-25 dekabr` kunlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun, Buxoro viloyatiga Press-tur tashkil etildi.

    “O'zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy yilning 24-25 dekabr` kunlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun, Buxoro viloyatiga Press-tur tashkil etildi.

    Ikki kun davom etgan tadbir davomida ishtirokchilar, “Gazli neft` va gaz qazib chiqarish” boshqarmasiga qarashli, “Andakli”, “Doyaxotin”, “Savatli” “Kulbeshkak”, “Hojikazg'on” konlari faoliyati va ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
    – Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shahar Uchqir majmuasi hududida joylashgan “O'zbekneftgaz” aktsionerlik jamiyati “Gazli neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining asosiy ish faoliyati gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, saqlash, transportirovka qilish va sotish, shuningdek nizomda ko'rsatilgan bir qancha ishlarni amalga oshiradi, – deydi Gazli neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bosh geologi Inom Babaniyozov. – Boshqarmamiz hisobida jami 34 ta konlar mavjud bo'lib, shundan 24 ta kondan bugungi kunda xom-ashyo gaz, neft va gaz kondensati qazib olinmoqda. Pudratchilarimiz tomonidan joriy yilning 22 dekabr kunigacha jami 19 ta quduqlarda burg'ulash jarayonlari tugatilib, ishlatishga topshirildi. YAngi texnologik qurilmalarning ishga tushilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining oshganligini hisobga olgan holda, “Gazli neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasi tarkibiga kiruvchi “Uchqir” gazni oltingugurtdan tozalash majmuasi Gazli gazni qayta ishlash zavodi deb qayta tashkil qilindi. Propan-butan aralashmasini olish qurilmasini bunyod etish investitsiya loyihasi doirasida yiliga 4,5 milliard metr kub gazni qayta ishlash ko'zda tutadi. Bu esa, 80 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi hamda 37,5 ming tonna kondensatni ishlab chiqarish imkoni beradi. Qutlug' qadamlari bilan kirib kelayotgan YAngi 2021 yilda ham bir qancha istiqbolli ezgu-maqsadlarni amalga oshirishni rejalashtirib qo'yganmiz...

    "Gazli gazni qayta ishlash zavodida propan-butan aralashmasini olish qurilmasini qurish" investitsiya loyihasi, Siquv kompressori stantsiyasi va Oltingugurtdan tozalash qurilmasining 6-tarmog'i texnologik ob'ektlarining tantanali ochilish marosimi hamda bepayon cho'l hududida joylashgan Gazli konlarning asosiy faoliyati, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, quduqlarning qazilishi jarayonidagi qiziqarli ma'lumotlarni “YAngi O'zbekiston” gazetasi sahifasining navbatdagi sonlarida batafsil o'qishingiz mumkin.


    Gulichehra DURDIEVA,

    "YAngi O'zbekiston" muxbiri