Koʻkdalada tarvuz pishdi

    Agrosektor 19 Aprel 2023 2770

    Koʻkdala tumani dehqonlari bu yil ham mamlakatda birinchi boʻlib bozorlarga tarvuz chiqardi.

    “Rajab hoji” fermer raisi Ulugʻbek Jumanazarovning aytishicha, tarvuz urugʻlari oʻtgan yilning dekabr oyi oʻrtalarida maxsus issiqxonalarga ekilgan. Anomal (minus 22 darajagacha) sovuq kuzatilgan kunlarda ham tarvuzchilar koʻchatlarini saqlab qolishning uddasidan chiqishgan va aprel oyning oʻrtalariga kelib hosilni uzib olishmoqda.

    Fermer xoʻjaligida 6 gektar maydonda tarvuz ekilgan boʻlsa, shundan 2 gektaridagi hosil pishib yetildi. Qolgani keyingi 1,5 oy davomida peshma-pesh yetilib, savdoga chiqariladi.

    Koʻkdalalik polizchilar bu yil jami 20 ming gektar yerda tarvuz yetishtirishmoqda.