Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz tumanining “Qoraxon“ mahallasida istiqomat qiluvchi mirishkor bogʻbonlar tomonidan parvarishlangan gilos daraxtlarida ilk hosil terila boshlandi.
Bu hosillar yurtimizda gilos pishgan birinchi hududlardan biri sifatida qayd etilmoqda.
Mazkur yutuqlar dehqon va bogʻbonlarning mehnatsevarligi, zamonaviy agrotexnik usullardan samarali foydalanishi natijasidir.








