“Agar bu ma'lumot to'g'ri bo'lsa, bu [Isroil Bosh vaziri Binyamin] Netanyaxuning yangi xalqaro jinoyatini ifodalaydi. Xalqaro suvlarda Falastinga gumanitar yordam yetkazayotgan ikki Kolumbiya fuqarosi (ular flotiliya kemalarida bo'lgan) qo'lga olindi”, deb yozdi davlat rahbari.

U Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligini “barcha tegishli da'volarni kiritishga” chaqirdi va xalqaro huquqshunoslarni mamlakatga yordam berishga taklif qildi. Shuningdek, u barcha isroillik diplomatlar mamlakatni tark etishini aytdi.

1-oktabr oqshomida Isroilning 20 dan ortiq harbiy kemalari “Sumud” flotiliyasini o'rab olib, uning yo'nalishini o'zgartirishni va jangovar hududdan uzoqlashishni talab qildi. Kema ekipajlari va faollari, jumladan, shved ekologiya faoli Greta Tunberg ham kemaning egallab olinishiga tayyorgarlik ko'ra boshladi, shundan so'ng ular bilan video aloqa uzilib qoldi, deb xabar berdi gazeta.ru.

Al Jazeeraning xabar berishicha, Isroil hukumati flotiliyani provokatsiyaga urinishda ayblagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, flotiliyaning ikkita flagman kemasi – “Alma” va “Sirius” qo'lga olingan.