-87 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Tursunoy Jabborova kumush va bronza medallariga ega chiqdi.

Hamyurtimiz dast koʻtarish mashqida 112 kilogramm bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, siltab koʻtarish mashqida 129 kilogramm bilan sakkizinchi pogʻonadan joy oldi. Ikki kurashdagi 241 kilogramm yakunda Jabborovaga bronza medalini taqdim qildi.

Ogʻir atletika boʻyicha JCH:

Ayollar, -87 kg:

1. Solfrid Koanda (Norvegiya) - 260 (113+147) kg
2. Eylin Tikmatana (Avstraliya) - 249 kg (109+140) kg
3. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) - 241 (112+129) kg

Shuningdek, tungi dasturda -81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Rigina Adashbayeva umumiy hisobda 220 kilogramm bilan 18-natijani qayd etdi. Musobaqaning qolgan bahslarida ishtirok etadigan hamyurtlarimizga ham omad tilab qolamiz.