Bu kashfiyot Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazi xodimi Filipp Lami va uning hamkasblariga tegishli. Tadqiqot doirasida Rosetta fazoviy kemasi ma'lumotlari asosida kometa yuzasini 3D rekonstruksiyasi amalga oshirildi.
“Asteroidlar kabi obyektlarda g'orlar bo'lishi mantiqan to'g'ri, ammo bizda ularni oldinroq aniqlashning imkoni bo'lmagandi”, dedi Lami.
Lami va uning jamoasi topilgan g'orlarni tavsiflash uchun anagliflar deb ham ataladigan 3D tasvirlarni hosil qilishdi. Ular g'orlar 20 dan 47 metr chuqurlikka ega ekanini aniqlashdi, deb xabar beradi korrespondent.net.